Alifbe bayrami
Alifbe bayram senariysi.
- Boshlovchi: Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk
Assalom ustozlar, nomlari buyuk
2-Boshlovchi: Assalom otalar, baxtim posboni
Assalom onalar, fidoyi joni
1-Assalom, balajon iqboli porloq. Bugun ilk bayramga yetishgan quvnoq
2-Sizlarga aytayin bir shirin tilak. Savodxonlik bayrami bo‘lsin muborak
— Assalomu alaykum aziz, mo‘tabar, muhtaram ota-onalar, ustozlar o‘quvchilar!
2- Barchangizni bugungi dilbandlaringizning shodligi-yu quvonchi bo‘lgan savodxonlik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
1- Sizlarga uzoq-umr, bolajonlarga baxtli davron porloq tole, nurli kelajak tilaymiz.
2- Endi esa ana shu tantanani ochish, yoshlarni qutlash uchun so‘zni maktabimiz direktoriga beramiz.
1-Keling azizlar endi bolajonlarimiz sizga o‘z bilim va san’atlarini nomoyish qilsalar siz miriqib tomosha qilsangiz.